IShID terrorchi guruhi jangarilari Iroq shimolidagi Kirkuk viloyatida joylashgan al-Huvayja shahrida 52 nafar yosh iroqliklarni qatl qildi. Bu haqda, Al Arabiya telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 6-avgust, shanba kechasi jangarilar yoshlarni bir joyda to‘plab, tiriklay yoqib yuborgan. Ular oilalarini shahardan qochishga chaqirganlikda ayblandi.
Yana to‘rt kishi shu sabab bilan otib tashlandi.
Kirkuk viloyati janubiy-g‘arbiy qismi 2014-yilning iyunida IShID tomonidan egallab olingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)