Hindiston g‘arbidagi Bxivandi shahrida 7-avgust, yakshanba kuni ertalab ikki qavatli uy qulab tushdi. Vayronalar ostida odamlar qolmoqda, ularning aniq soni ma’lum emas. Bu haqda, NDTV telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Halokat joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaga mazkur hududga yopirilgan kuchli jala sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Bu Bxivandida oxirgi kunlar mobaynida ro‘y bergan ikkinchi fojiadir — 31-iyulda uy qulab tushishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)