Eronda yadrochi fizik Shahrom Amiriy qatl etildi. Mamlakat rasmiylari mazkur ma’lumotni tasdiqlamagan bo‘lsa-da, olimning o‘limi haqida uning onasi ma’lum qildi. Uning aytishicha, Amiriy Tehronda 3-avgust kuni osib o‘ldirilgan va ayolga o‘g‘lining jasadi bo‘ynidagi arqon izlari bilan qaytarilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
39 yoshli tadqiqotchi 2009-yili Makkada, haj payti yo‘qolib qolgandi. Ayrim manbalarga ko‘ra, Amiriy AQShda yashiringan va Qo‘shma Shtatlarga muhim ma’lumotlar yetkazgan. Boshqa manbalarga ko‘ra, uni saudiyaliklar va amerikaliklar o‘g‘irlab ketgan. 2010-yili Amiriy Pokistonning AQShdagi elchixonasi yordamida Eronga qaytishga muvaffaq bo‘lgandi.
Vatanida yadrochi olim avvaliga qahramon sifatida qutib olindi. Biroq keyinchalik Eronga dushman davlat foydasiga josuslikda ayblanib, hibsga olindi va 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Izoh (0)