Luganskda “xalq respublikasi” rahbari Igor Plotnitskiyga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Xalq militsiyasi” shtabiga ko‘ra, 6-avgust, shanba kuni Luganskda ro‘y bergan portlash oqibatida LXR rahbari Igor Plotnitskiyning mashinasi jabrlangan. Ikki kishi yaralangan va kasalxonaga yotqizilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ikki kishi halok bo‘lgani bildirilmoqda.
Plotnitskiy avtomobilda portlash chog‘i bo‘lgan yoki yo‘qligi ma’lum emas. Ijtimoiy tarmoqlarga ko‘ra, u kasalxonaga yetkazilgan. Hodisa haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)