Yashash va ishlash uchun eng qimmat shaharlar reytingida so‘nggi 2,5 yil davomida yetakchilik qilib kelgan London o‘z o‘rnini Nyu-Yorkka bo‘shatib berdi, deb yozadi “TASS”. Buyuk Britaniya poytaxti Gonkongdan keyingi uchinchi o‘ringa tushib qoldi.
Bunday o‘zgarishlarni tahlilchilar Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish qaroridan so‘ng funt sterling kursi pasayib ketishi bilan bog‘lamoqda.
Savallis ko‘chmas mulk agentligi hisobotida aytilishicha, 2016-yil boshidan buyon Londonda yashash xarajatlari dollar hisobida 11 foizga arzonlashib, yiliga 100,1 ming dollarni tashkil etdi. Nyu-Yorkda esa bu ko‘rsatkich, aksincha, yil boshidan beri 2 foizga o‘sdi va yiliga 114 ming dollarga yetdi. Gonkong 2016-yilning birinchi yarmida 2016-yil boshiga qaraganda 1 foizlik o‘sishni namoyon qildi: yashash xarajatlari yiliga 100,9 ming dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)