28 nafar davlat va hukumat rahbarlarigina Rio-de-Janeyroga yozgi Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimiga borishini tasdiqladi, deb yozadi “Vedomosti”.
Reuters Braziliya hukumatidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, bir hafta avval tadbir tashkilotchilari 50 nafar dunyo yetakchilari tashrifini kutayotgan edi. Shuningdek, hozircha hech qaysi mamlakatdan Braziliya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Mishel Temer bilan ikki tomonlama uchrashuv tashkil qilish haqida so‘rov kelib tushmagan.
Lotin Amerikasi mamlakatlari yetakchilaridan Argentina va Paragvay prezidentlarigina o‘z ishtirokini tasdiqladi. Xitoy ochilish marosimiga bosh vazir o‘rinbosarini jo‘natadi. Fransiya prezidenti, shuningdek, Portugaliya va Germaniya yetakchilari ham kelishga va’da bergan. AQSh delegatsiyasiga davlat kotibi Jon Kerri rahbarlik qiladi.
Izoh (0)