4-avgust, payshanba kuni O‘zbekistonning tog‘li va Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarida havo harorati +40 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, payshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +13...+18 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, qolgan barcha joylarda +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.
4-avgust kuni kunduzi esa tog‘li joylarda havo harorati +25...+30 daraja, Toshkent shahrida +36...+38 daraja, qolgan barcha hududlarda +35...+40 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)