Hafta davomida soat 01:00 dan 04:00 gacha POS va E-POS terminallarining protsessing markazi bilan aloqasi vaqtinchalik uzilishi mumkin. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi ma’lum qildi.
Qayd etishlaricha, vaqtinchalik uzilishlar profilaktika ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.
“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi markaz axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)