Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi “Ququmboy” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi Buloq massivida namunaviy loyihalar asosidagi 54 turar-joy foydalanishga topshirilish arafasida. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
— Hozirgacha 10 dan ortiq uy o‘z egalariga topshirildi, – deydi “Qishloq qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati Namangan filiali texnik nazoratchisi Mahmudjon Rustamov. — Ushbu zamonaviy uylarda yaratilgan sharoit va qulayliklar aholiga manzur bo‘lmoqda.
Izoh (0)