Turkiya sobiq bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li mamlakat bosh shtabi yo‘riqnomasiga binoan o‘tgan yil noyabrida Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirishga ko‘rsatma berganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qoidaga ko‘ra, bosh vazir bosh qo‘mondonlikning yozma direktivasiga asosan o‘t ochish tartibini belgilaydi. Men 10-oktabrda buyruq berdim. Umuman, bunday masalalarni 8 oy o‘tgach ko‘tarilishi noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Bu narsa hatto hozirgi paytda ro‘y berganda ham shunday siyosiy javobgarlikni zimmamga olgan bo‘lardim”, — deya ta’kidladi sobiq bosh vazir NTV telekanaliga bergan intervyusida.
Izoh (0)