AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton turmush o‘rtog‘i prezidentlik poygasida g‘olib chiqsa, Oq uydagi yig‘ilishlarga qatnashmaydi. Bu haqda New York Times ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Bill Klinton hukumat a’zolarining Oq uydagi doimiy majlislari, moslashtirilgan xonadagi yig‘ilishlarga taklif etilmaydi va unga binoning davlat rahbari oval shaklidagi xona joylashgan g‘arbiy qanotida alohida ishchi xona ajratilmaydi. Amaldagi va sobiq prezidentlarning o‘zaro munosabatlari — o‘ta nozik masala. Ular ikkovi uchun ham zarar yetmasligi uchun bir-birlari bilan aloqalar qoidalarini puxtalik bilan ishlab chiqishi zarur”, — deya ta’kidladi AQShning bir necha prezidentlari, jumladan, Klintonning maslahatchisi bo‘lgan Devid Jergen.
Uning aytishicha, Bill Hillarining davlat rahbari lavozimidagi siyosiy yo‘nalishiga ta’sir o‘tkazib, o‘zining prezidentligi tarixini qaytadan ko‘rib chiqishni istashi mumkin.
Izoh (0)