Misr xavfsizlik kuchlari Sinay shimolida olti nafar terrorchini yo‘q qildi. Jangarilar Rafax shahridagi blokpostlardan biriga hujum qildi va maktab binosini egallashga urindi, deb xabar beradi “TASS”.
Hodisa joyiga sapyorlar yetib keldi, ular maktab binosini minalardan tozalamoqda. Jangarilar yashiringan Rafaxning janubiy qismida ta’qib etish operatsiyasi davom etmoqda.
Misr politsiyasidagi manbaga ko‘ra, jangarilar yaxshi qurollangan va uylar tomidan snayperlik o‘ti ochmoqda. Terrorchilar qo‘lida garovga olinganlar yo‘q.
Izoh (0)