Salvadorning markaziy qismida joylashgan Ketsaltepeke tumanidagi qamoqxonada 24-iyul, yakshanbaga o‘tar kechasi ro‘y bergan tartibsizliklar oqibatida kamida to‘rt nafar mahbus halok bo‘ldi. Ularning Barrio 18 jinoiy to‘dasi a’zolari ekanligi ma’lum, deb xabar beradi “TASS”.
Mamlakat bosh prokuraturasi Ketsaltepekeda to‘rt kishi halok bo‘lganini tasdiqladi va qamoqxonada bir-biri bilan ixtilofdagi ikki jinoiy guruh o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lganini bildirdi.
Qurbonlar bundan ham ko‘p bo‘lishi istisno etilmagan. Ularning yakuniy soni hodisa joyiga huquq-tartibot xodimlari yetib kelganidan so‘ng aniq bo‘ladi.
Izoh (0)