Iroq poytaxtida xudkush blokpost yaqinida o‘zini portlatib yubordi, buning oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va o‘nlab kishi jarohatlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Terrorchi xudkushning Bag‘dod shimolidagi blokpostga hujumi tufayli kamida 8 nafar fuqaro va uch politsiyachi halok bo‘ldi. Yana 32 kishi yaralandi”, — deyiladi politsiya xabarida.
Hujum asosan shialar istiqomat qiladigan Kadximiya tumanida sodir bo‘ldi. Xudkush blokpostgacha piyoda borgani aytilmoqda. Hozircha hech bir guruh terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)