Afg‘oniston poytaxti Kobulda 23-iyul, shanba kuni ro‘y bergan portlash oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi, 230 kishi jarohatlandi. Bu haqda, Tolo telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq 60 dan oshiq qurbon haqida ma’lumot berilgan edi.
Mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Siddiq Siddiqiyning ma’lum qilishicha, uch ekstremist namoyishchilar olomoni ichiga kirib olgan. Ulardan ikki nafari egnidagi portlovchi uskunani harakatga keltirgan, uchinchisi esa politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan.
IShID guruhi mazkur terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)