Kiyevda o‘ldirilgan jurnalist Pavel Sheremet 23-iyul, shanba kuni Minsk yaqinidagi Shimoliy qabristonida, otasining yonida dafn etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dafndan avval xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Marhum tobuti qo‘yilgan cherkovga to‘rt soat davomida minskliklar, Belarus jurnalistlari, siyosatchilar va jamoat arboblari guldastalar bilan keldi. Shuningdek, marosimda ukrainalik jurnalistlar, Oliy Rada deputatlari ham ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Pavel Sheremet 20-iyul kuni tongda Kiyevda halok bo‘ldi: u ishga ketayotgan mashinada portlovchi qurilma harakatga keldi. Politsiya uning o‘limini qasddan qotillik sifatida baholadi.
Izoh (0)