Yerevanda politsiya bo‘limini egallash va odamlarni garovga olish holati bo‘yicha ochilgan jinoiy ish doirasida jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda ko‘mak bergan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik xizmati matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
MXX matbuot xizmatiga ko‘ra, politsiya bo‘limi hududida bo‘lgan qurolli guruh a’zolari o‘z tarafdorlariga fuqarolar hayoti va salomatligiga xavf tug‘diradigan harakatlar tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bermoqda. Xususan, 21-iyul kuni yonida noqonuniy qurol, jumladan, granata bo‘lgan shaxs, ertasiga esa alangalanuvchi aralashmani qamal qilingan hududga yetkazmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi.
Maxsus xizmat qurolli guruhga ko‘mak berish niyatida bo‘lgan boshqa shaxslar ham huquq-tartibot idoralari kuzatuvida ekanligi, ular maqsadini amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilayotganini bildirdi.
Izoh (0)