2030-yilga kelib global isish har yili jahon iqtisodiyotiga 1,5 trillion funt sterling (2 trillion dollar) zarar keltiradi. Bu haqda, BMT tadqiqotlariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ob-havoning isib ketishi oqibatida mehnat samaradorligi tushib ketadi. Jazirama sayyoraning bir qator hududlarida ayrim turdagi ishlarni bajarishni imkonsiz qilib qo‘yadi. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligida yaqqol seziladi.
Global iqlim o‘zgarishi tufayli YaIM hajmining tushishi 43 mamlakatda kuzatiladi, bular orasida Hindiston (yillik zarar — 340 milliard funt), Xitoy (188 milliard funt), Malayziya (188 milliard funt) va Tailand (113 milliard funt) bor.
Izoh (0)