Filippin hukumati Xitoyning Janubiy Xitoy dengizi borasidagi hududiy bahslarni ikki tomonlama muzokaralarda muhokama etish taklifini rad etdi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Perfekto Yasayga ko‘ra, Mo‘g‘uliston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Yevropa—Osiyo sammitida xitoylik hamkasbi Van I shunday taklifni ilgari surgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“U arbitraj hukmisiz ikki tomonlama muzokaralar uchun ochiq bo‘lishimizni so‘radi. Men bu bizning konstitutsiyamiz va milliy manfaatlarimizga to‘g‘ri kelmasligini bildirdim”, — deya ta’kidladi vazir.
Yasayning bildirishicha, Xitoy bilan filippinlik baliqchilarning Sakarboro marjon qoyalariga qaytarilishi yuzasidan muzokaralar olib borish u boshqarayotgan vazirlik uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan so‘ng Manila arbitraj qaroridagi qolgan ko‘rsatmalar bajarilishiga erishishga harakat qiladi.
Izoh (0)