Xitoyning Leagoo kompaniyasi yangi M5 smartfonini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Kompaniya ta’kidlashicha, qurilma o‘qni tutib qolish, avtomobil og‘irligini ko‘tarish, yong‘oqni chaqish yoki mix qoqishga ham qodir. Smartfonning narxi bor-yo‘g‘i 70 dollarga teng.
Leagoo M5 korpusi nanometalli sinchga ega bo‘lib, yaxlitdir. Shuning hisobiga u, promo-materiallarda ta’kidlanishicha, Samsung Galaxy S7 va iPhone 6s’dan ancha mustahkamroqdir.
Smartfon 5 dyuymli va 1280×720 pikselli ekran, to‘rt yadroli Mediatek MT6580 chipseti, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 8 va 5 megapikselli kameralar, 2300 mA/soat sig‘imli akkumulyator, barmoq izi skaneriga ega.
Izoh (0)