Ijtimoiy tarmoq elementlariga ega Instagram dasturi foydalanuvchilarga yangi funksiyani taqdim etadi, u fotosuratlarga yoziladigan izohlarning nomaqbullarini avtomatik tarzda o‘chirish imkonini beradi, deya xabar qiladi “TASS”.
TechCrunch ma’lumotlariga ko‘ra, yangi funksiya filtr yordamida ishlaydi — akkaunt egasi sozlamalarda o‘zi nomaqbul deb hisoblaydigan so‘z va iboralar ro‘yxatini ko‘rsatishi kerak, shunda tizim ular qo‘llanilgan izohlarni avtomatik ravishda o‘chiradi.
Ta’kidlanishicha, funksiya faqat biznes-akkauntlar egalariga taqdim etiladi.
Izoh (0)