Britaniyaning Derbi shahridagi Lodge Hotel mehmonxonasi bosh oshpazi Aleks Lambertni Instagram’ga joylagan surati uchun ishdan haydashdi, deb yozadi TJournal. U suratga vegetarianlardan yashirib, ularning taomiga go‘sht qo‘shgani haqidagi izohni ilova qilgan edi.
Aleks bilan tuzilgan 30 yillik shartnoma vegetarianlar yigitni go‘sht yemaslik tarafdorlari huquqlarini buzganlikda ayblagach, bekor qilindi.
Aleks vegetarianlar bilan bahsga kirishib, ularga “vaqt o‘tkazishning yaxshiroq usulini topish”ni maslahat berdi va uning sevimli mashg‘uloti “vegetarianlar taomlariga go‘shtli mahsulotlarni sezdirmasdan qo‘shib qo‘yish” ekanligini ta’kidladi.
Keyinroq Aleks uning so‘zlari rost bo‘lmagani, u shunchaki bahs-munozaraga tezroq yakun yasashni istaganini aytdi.
Izoh (0)