IShID Iroq armiyasining Mosul shahri janubidagi Al-Kiyara aholi punkti yo‘nalishida harakatlanishiga to‘sqinlik qilish maqsadida bir necha neft quduqlariga o‘t qo‘ydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sky News Arabia telekanaliga ko‘ra, terrorchilar mazkur aholi punktiga olib boruvchi barcha yo‘llarni minalashtirgan. Ular shu tariqa Mosul ostonasida jangarilarni yo‘q qilib kelayotgan iroqlik harbiylarni to‘xtatib qolishga harakat qilmoqda. Oldinroq hukumat kuchlari Al-Kiyara harbiy-havo bazasini egallashga muvaffaq bo‘lgandi.
Mosulning ozod qilinishi hozirda Iroq harbiylarining asosiy maqsadi bo‘lib turibdi. Shahar 2014-yil iyunidan beri IShID nazoratida bo‘lib turibdi, jangarilar uni o‘zlarining Iroqdagi poytaxti hisoblaydi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)