Afg‘onistonda 11-iyul, dushanba kuni bomba portlashi natijasida besh nafar maktab o‘quvchisi va bir o‘qituvchi yaralandi, deya xabar bermoqda “TASS” “Xama Press” agentligiga tayanib.
Portlovchi qurilma oltinchi sinf o‘quvchilari dars o‘tayotgan xonada ishga tushgan. Hodisa Pokiston chegarasi yaqinidagi Xost provinsiyasi markazi bo‘lgan shu nomli shaharda yuz berdi.
Hukumatga qarshi guruhlarning hech biri, jumladan, “Tolibon” harakati ham ushbu terakt uchun javobgarlikni bo‘yniga olganicha yo‘q.
Izoh (0)