“Ash-Shabob” jangarilarining Somalidagi harbiy bazaga hujumi oqibatida kamida 10 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Reuters manbalariga ko‘ra, hujum uyushtirilgani haqida terrorchi guruhning o‘zi ma’lum qildi. 10 nafar askar qurbon bo‘lganini mamlakat qurolli kuchlari vakili Ahmad Farah tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kamida 12 terrorchi yo‘q qilindi.
Izoh (0)