Toshkent bozorlarida go‘sht arzonlashtirilgan narxlarda sotilishi boshlandi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri bozorlarida go‘sht mahsulotlari savdo shoxobchalari ko‘paytirildi va kengaytirildi, narxlar esa barqarorlashtirildi.
Poytaxtning beshta yirik bozorida go‘sht narxi pasaygan:
- “Chorsu”
- “Yunusobod”
- “Farhod”
- “Aviasozlar”
- “Qo‘yliq”
Qayd etilishicha,“Aviasozlar”, “Farhod”, “Eski Jo‘va”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” oziq-ovqat bozorlarida ilgari 624 ta go‘sht mahsulotlari savdo rastalari faoliyat ko‘rsatgan. 3-avgust kuni qo‘shimcha ravishda yana 84 ta rasta (+13,5 foiz) tashkil etildi. Natijada savdo nuqtalarining umumiy soni 708 taga yetdi.

3-avgust holatiga ko‘ra, Toshkent shahri bozorlariga 78,9 tonna go‘sht yetkazib berilgan. Shundan 21,8 tonnasi (umumiy hajmning 27,6 foizi) savdo rastalariga joylashtirilgan qo‘shimcha hajmni tashkil etdi.
Taqsimot quyidagicha:
- “Aviasozlar” — 3,1 tonna (14,2 foiz);
- “Farhod” — 5,6 tonna (25,7 foiz);
- “Eski Juva” — 6,0 tonna (27,5 foiz);
- “Yunusobod” — 3,2 tonna (14,7 foiz);
- “Qo‘yliq” — 4,0 tonna (18,3 foiz).
Hokimlik xabariga ko‘ra. ushbu rastalarda go‘sht quyidagi narxlarda sotilmoqda:
- mol go‘shti (mahalliy) — 85 000 so‘m;
- mol go‘shti (belarus) — 70 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (mahalliy) — 90 000 so‘m;
- muzlatilgan go‘sht — 65 000 so‘m.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Navro‘z” dehqon bozorida ham arzonlashtirilgan go‘sht mahsulotlari rastasi tashkil etildi. U yerda mahalliy hamda Belarus, Mo‘g‘uliston va Hindistondan keltirilgan mol va qo‘y go‘shtining turli xil navlari sotuvga qo‘yilgan.
Narxlar quyidagicha:
- Belarus mol go‘shti — 70 000 so‘m;
- Mo‘g‘uliston qo‘y go‘shti — 75 000 so‘m;
- mahalliy mol go‘shti — 85 000 so‘m.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, go‘sht o‘tgan yil davomida narxi eng ko‘p oshgan mahsulotlar qatoriga kirdi. 2025-yil iyun oyi oxirlarida mol go‘shti 30,5 foizga, qo‘y go‘shti esa 32 foizga qimmatlagan.
Izoh (0)