Londonning ICE birjasida 11-iyul, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan savdolar chog‘ida Brent turidagi neft narxi 1,7 foizga pasayib, bir barreli uchun 46 dollardan pasaydi. Bunday holat ikki oy davomida birinchi bor ro‘y berdi. Savdo maydonlaridan olingan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda.
WTI turidagi neftning bir barreli bahosi ham o‘z navbatida 1,6 foiz — 44,7 dollargacha kamaydi.
Kotirovkalar Baker Hughes kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan AQShda burg‘ulash qurilmalari 10 taga ko‘paygani va jami 351 taga yetgani haqidagi xabarlar fonida pasaydi. Bu miqdor aprel oyidan beri maksimal sur’atdagi o‘sish ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)