Toshkentda ofis qorovuli oyligini oshirishini talab qilib, boshlig‘iga bolta bilan tan jarohati yetkazish bilan qo‘rqitdi. Bu haqda IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 30-iyul kuni soat 17:32 da Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasiga Yashnobod tumanidagi qo‘riqda bo‘lgan ofisdan tashvish xabari tushgan. Xabar asosida tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari voqea joyiga borib holatni o‘rganishganda, ushbu ofisda qorovul bo‘lib ishlovchi fuqaro M.M. direktordan maoshini oshirishni talab qilib, bolta bilan jarohat yetkazishni aytib qo‘rqitmoqchi bo‘lgan.
Xodimlarning fuqaro M.M.ga, qonunchilik bo‘yicha javobgarlik to‘g‘risidagi tushuntirishlari natijasida bolta va fuqaroning oldida bo‘lgan sumka ichidagi pichoq olib qo‘yilgan.
Holat bo‘yicha xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bilan ko‘rib chiqish uchun sud organlariga jo‘natilgan.
Izoh (0)