Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Byon Se AQShning mamlakatda o‘rnatiladigan THAAD raketaga qarshi tizimi uchinchi mamlakatlarga qaratilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Vazirning bildirishicha, bu Rossiya va Xitoyga ham tegishli. Ballistik raketalarni ushlab qolish uchun mo‘ljallangan yuqori texnologiyali THAAD tizimi o‘rnatilishini Janubiy Koreyaning KXDR yadro salohiyati oshib borishidan o‘zini himoya etish huquqi taqozo etadi.
Janubiy Koreya rasmiylariga ko‘ra, THAAD 2017-yil oxirigacha o‘rnatilishi mumkin. O‘z navbatida, Shimoliy Koreya rasmiylari qo‘shni davlatda raketaga qarshi tizimlar joylashtirilishi javob choralarisiz qolmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)