Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy e’lon qilinmagan tashrif bilan mamlakat markaziy qismidagi Mag‘rib viloyatining shu nomli poytaxtiga keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Al Arabiya telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, doimiy asosda Saudiya Arabistonida yashayotgan prezident Mag‘rib jome’ masjidida namoz o‘qigan. Unga tashrifi chog‘ida mamlakat vazirlar mahkamasining bir necha a’zolari hamrohlik qilgan. Ma’lumot uchun, Mag‘rib isyonchi xusiylar nazoratida bo‘lgan Sana viloyati bilan chegaradosh hisoblanadi.
Oldinlari Mansur Hodiy Yamanga kamdan-kam kelar, shunda ham o‘tgan yil yozida xusiylardan ozod etilgan mamlakatning muvaqqat poytaxti Adanga borish bilan cheklanardi.
Izoh (0)