Janubiy Sudan poytaxti Jubadagi qurolli to‘qnashuvlar qurbonlari soni 270 kishidan oshdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq to‘qnashuvlarda 150 dan ortiq odam halok bo‘lgani bildirilgandi.
Jubadagi tartibsizliklar 8-iyul, juma kuni mamlakat prezidenti Salva Kiir tarafdorlari va Riyek Masharni qo‘llab-quvvatlovchi sobiq isyonchilar o‘rtasida kelib chiqdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda ashaddiy otishmalar BMT missiyasi joylashgan hududlarda bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun, Janubiy Sudandagi buhron 2013-yil dekabrida prezidentning isyonchilar sobiq yetakchisi Riyek Masharni o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng avj oldi. Ikki siyosatchining qarama-qarshiligi turli elatlarga mansub bo‘lgan tarafdorlari o‘rtasidagi shiddatli to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Oqibatda 10 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi, 2,2 million kishi qochqinga aylandi.
Izoh (0)