Markaziy Xitoydagi Xunan provinsiyasida aholining ommaviy evakuatsiyasi o‘tkazilmoqda. Bu yerdagi Xuajun uyezdida 10-iyul, yakshanba kuni toshqin suvlari himoya to‘g‘onini buzib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
Hodisa oqibatidagi qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Suv bosgan hududda 27 mingdan oshiq kishi istiqomat qiladi.
Izoh (0)