Misr tashqi ishlar vaziri Sameh Shukriy 10-iyul, yakshanba kuni Isroilga tashrif buyuradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Misr TIV rahbari bu davlatga to‘qqiz yil mobaynida birinchi bor kelishi. Isroilda Shukriy bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Jerusalem Post ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyaxu va Shukriy mintaqa kun tartibidagi qator masalalar, jumladan, ikki davlat munosabatlari hamda Isroil va Falastin o‘rtasida tinchlik muzokaralari tiklanishini muhokama etadi.
Izoh (0)