Buyuk Britaniyadagi eng keksa ayol Gledis Xuper 9-iyul, shanba kuni 113 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda uning o‘g‘li, 85 yoshli Derek Xermiston ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qizlik familiyasi Nesh bo‘lgan Gledis Xuper 1903-yil 18-yanvarda Angliya janubida dunyoga kelgandi. U Londondagi taniqli pianinochi bo‘lib yetishdi. Jek Peyn, Debroy Somers va Moris Uinnik boshqaruvidagi mashhur orkestrlarning konsertlarida ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQShdagi eng keksa ayol Goldi Mixelson ham 113 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)