Rossiya Turkiya bilan munosabatlar keskinlashgach, unga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishga va’da berdi, endi Anqara ikkala mamlakat o‘rtasidagi aloqalar normallashuvi doirasida ushbu cheklovlarning yo‘q qilinishini kutmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘liga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Biz yuborgan xat munosabatlarimiz normallashuvi uchun juda foydali bo‘ldi. Biz Rossiya xalqi va Su-24 uchuvchisiga o‘z hamdarligimizni izhor etdik. Endi aloqalarimizni aynan qanday mustahkamlashimiz muhimdir. Rossiya barcha sanksiyalarni bekor qilishini aytdi”, — dedi Turkiya vaziri.
Shu bilan birga, Chavusho‘g‘li ta’kidlashicha, Anqaraning Suriya masalasi bo‘yicha doim Moskva bilan ziddiyatlar kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan fikri o‘zgarmasdan qoladi — Turkiya tomoni Suriyada prezident Bashar Asad hokimiyatdan chetlatilishini talab qiladi.
Izoh (0)