Zimbabve politsiyasi tartib posbonlarining shafqatsizligiga qarshi bosh ko‘targan taksi haydovchilari poytaxtda uyushtirgan namoyishlarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalandi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Namoyishchilar Xarare sharqida yo‘llarni to‘sib qo‘ydi va avtomobil shinalarini yoqdi. Politsiya suv otuvchi qurol va ko‘zni yoshlantiruvchi gazni qo‘lladi. Ayni paytgacha kamida 30 kishi qo‘lga olindi.
O‘tgan hafta bir necha yuz kishi Zimbabve janubida Janubiy Afrika Respublikasi bilan chegarada joylashgan “Beytbridj” nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘ydi, ular buni JARdan alohida turdagi mahsulotlar olib kirilishiga qo‘yilgan taqiqqa norozilik belgisi sifatida amalga oshirdi.
Izoh (0)