AQSh qazib olinadigan neft zaxiralari hajmi bo‘yicha (264 milliard barrel) Rossiya va Saudiya Arabistonini (tegishli ravishda 256 va 212 milliard barrel) quvib o‘tdi. Norvegiyaning Rystad Energy konsalting kompaniyasi oxirgi uch yil mobaynida o‘tkazgan 60 mingta neft koni tahlili shundan dalolat bermoqda, deya xabar qiladi “RBK”.
Kompaniyaga ko‘ra, mazkur zaxiralarning yarmidan ko‘pi noan’anaviy slans neftiga to‘g‘ri keladi. Ularning aksariyati 2025-yildan so‘ng qazib olinadi. Birgina Texas shtatining o‘zi 60 milliard barrel slans nefti zaxiralariga ega. Bu Xitoy (59 milliard barrel) va Kuvayt (52 milliard barrel) neft zaxiralaridan ko‘p.
Izoh (0)