O‘tgan yil avgust oyi oxirida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida topilgan dandon tish 1,5—2 million yil avval yashagan janubiy o‘rmon filiga tegishli bo‘lishi mumkin. Oldin ularning Ural va Sibirda yashagani haqida olimlarga ma’lum bo‘lmagan, deya xabar beradi “TASS”.
“Avvaliga dandon tish mamontga tegishli deb o‘yladik, keyinchalik uning ajdodi — trogonteriyevli fil taxmini ko‘rildi. Biroq tadqiqotlar davomida ma’lum bo‘ldiki, suyak anchagina qadimiy ekan. Tish 1,5—2 million yil avval yashagan mamontning issiqliksevar ajdodi — janubiy o‘rmon filiga tegishli bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidladi Rossiya Fanlar akademiyasi Ural bo‘limiga qarashli O‘simlik va hayvonlar ekologiyasi instituti laboratoriyasi mudiri Pavel Kosinsev.
Kosinsevga ko‘ra, hozirda olimlar o‘z taxminlarini isbotlash uchun qator qo‘shimcha ekspertizalarni o‘tkazmoqda.
Izoh (0)