Shvetsiyalik harbiylar Boltiq dengizida NATOning Baltops-2016 mashg‘ulotlari o‘tkazilishi chog‘ida mamlakat havo chegarasi noma’lum uchuvchisiz uchar qurilmalar tomonidan buzilganini qayd etdi. Bu haqda Shvetsiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Filip Saymon ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Dagens Nyheter nashriga ko‘ra, chegara buzilishi bilan bog‘liq ikki hodisa 10—13-iyun kunlari kechki payt Ute orolida sodir bo‘lgan. Bu paytda mazkur hududda Shvetsiya va Finlyandiya dengiz piyoda askarlari amerikalik, britaniyalik va nemis harbiylari bilan birgalikda qo‘shma manyovrlar o‘tkazayotgandi. Bu paytda mashg‘ulotlar hududida parvoz qilish man etilgandi.
Harbiylar qurilmalar qaysi davlatga tegishli ekanligi, ular aniqlangandan so‘ng qanday harakatlar amalga oshirilganini ma’lum qilmadi.
Izoh (0)