Iroq poytaxtida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 213 kishiga yetdi, 200 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik kuchlari va tibbiyot vakillariga tayanib, AFP ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Oldinroq portlash qurbonlari soni 170 kishidan oshgani bildirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 3-iyul, yakshanba kuni mamlakat bosh vaziri Haydar al-Obodiy farmoyishiga ko‘ra, terakt qurbonlari xotirasi uchun Iroqda uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)