Suriya qo‘shinlari 3-iyul, yakshanba kuni IShID terrorchi guruhi bo‘linmalaridan birining dala komandirini yo‘q qildi. Qurolli otryad Xoms shahri yaqinida faoliyat yuritayotgan edi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
IShID otryadlaridan biriga rahbarlik qilib kelgan Hamid Ma’yuf al-Anaziy asli Saudiya Arabistonidan bo‘lib, Xoms hududidagi to‘qnashuvlarda halok bo‘ldi. Terrorchilar orasida u Abu Da’ laqabi ostida mashhur edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)