Turk harbiylari tomonidan Suriya bilan chegarada IShIDga mansubligi taxmin qilinayotgan ikki nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Suriyaning ikki fuqarosi harbiylar ogohlantirishiga e’tibor bermaganidan so‘ng o‘ldirildi. Turkiya televideniyesiga ko‘ra, suriyaliklardan biri mamlakatda ehtimoliy xudkush terrorchi sifatida qidiruvda bo‘lgan. Tezkor ma’lumotga ko‘ra, u Anqara yoki Adana shaharlarida teraktlar tayyorlashi mumkin edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)