Avstraliyalik o‘smir o‘zining terakt rejalashtirish aybini tan oldi. U kenguruga mina o‘rnatib, so‘ng uni politsiyachilar to‘planib turgan joyga qo‘yib yubormoqchi bo‘lgan, deb yozadi Reuters.
19 yoshli Sevdet Ramazon Besim politsiyachilarga 2015-yil 25-aprel kuni hujum qilishni rejalashtirgan. Maxsus xizmatlar yovuz niyatlining 15 yoshli britaniyalik bilan yozishmalarini qo‘lga kiritgach, uning niyatini fosh qilgan. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, u tartib posbonlarining boshini tanasidan judo qilmoqchi bo‘lgan.
Shu yilning yanvarida bo‘lib o‘tgan sudda Besim o‘z aybini butunlay inkor qilgan edi, endi esa tan olishga qaror qildi. Ayblanuvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Izoh (0)