Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Vladimir Putin Xitoydagi G20 sammiti doirasida yuzma-yuz uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda, NTV telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Unga qadar esa ikki davlat rahbari bir necha bor telefon orqali muloqot qilishi kutilmoqda.
Erdo‘g‘onning matbuot xizmati hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
27-iyun kuni Peskov Erdo‘g‘on Rossiyaning urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchisining halokati uchun Putindan uzr so‘rab maktub yo‘llaganini aytdi. Bir muddatdan so‘ng Erdo‘g‘onning matbuot xizmati bu axborotni tasdiqladi.
Izoh (0)