Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi respublikada Sibir kuydirgisi tarqalgani haqidagi ovozalarni rad etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat janubida kasallik tarqalgani va kishilarning infeksiyaga chalingani haqida xabar tarqalgandi.
“Respublikada Sibir kuydirgisi bilan bog‘liq vaziyat osoyishta bo‘lib, kasallikka chalinish bilan bog‘liq biror holat, hatto bu haqdagi signallar ham yo‘q”, — deya ta’kidlagan vazirlik matbuot xizmati. Vazirlikda bunday ovozalar o‘tgan haftada sharqiy Qozog‘iston aholisi o‘rtasida kuydirgi tashxisi tasdiqlangani bilan bog‘liq ekanligi bildirilmoqda.
27-iyun, dushanba kuni Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan chegarada veterinar nazoratni kuchaytirdi.
Izoh (0)