Shotlandiya rasmiylari Yevroittifoqda qolish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi va Buyuk Britaniyaning ittifoqdan chiqishi to‘g‘risidagi qonunga veto (taqiq) qo‘yilishini bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Mamlakat birinchi vaziri (hukumat rahbari) Nikola Sterjen Buyuk Britaniyani Yevroittifoqdan chiqarishga bo‘lgan harakatlar jiddiy zarar va og‘riqli asoratlarga olib kelishi, u “Shotlandiyani bundan himoya etishni istashi va harakat qilishi”ni ma’lum qildi.
Sterjenga ko‘ra, mintaqa Buyuk Britaniya ittifoqda qolishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Ulardan biri sifatida Shotlandiya parlamenti ittifoqdan chiqish to‘g‘risidagi qarorga qo‘yishi mumkin bo‘lgan veto aytib o‘tildi. Buyuk Britaniyada mintaqaviy parlamentlarga Londonda qabul qilingan qarorlar bilan bahslashish huquqi berilgan.
Izoh (0)