Falastin davlati prezidenti Mahmud Abbos Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralarini olib borish uni qiziqtirmayotganini ko‘rsatdi. Bunday fikrni Isroil hukumatining haftalik majlisida mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bildirdi, deb yozadi “TASS”.
23-iyun, payshanba kuni Abbos Isroil prezidenti Reuven Rivlin bilan Bryusselda uchrashishi e’lon qilingan edi, ikkala yetakchi ham u yerda tashrif bilan bo‘lib turgan edi. Ammo muzokaralar amalga oshmadi. Yahudiy mamlakati prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, uchrashuv “Abbos Yevropaning ikki yetakchi o‘rtasidagi muzokaralarni tashkil qilish bo‘yicha tashabbusini rad etgani” sababli bekor qilingan.
Netanyaxu hukumat majlisida ta’kidlashicha, “kim tinchlikni mustahkamlashga ko‘mak bermoqchi ekanligi-yu, kim bundan bosh tortayotgani haqida odamlarning o‘zi xulosa chiqara oladi”.
Izoh (0)