Xitoy tomonlarni Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi to‘g‘risidagi referendum natijalariga vazmin munosabatda bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Pekindagi brifingda chiqish qilar ekan, XXR TIV vakili Xua Chunyin barcha tomonlar YeIning barqarorligi va birligini saqlab qolishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
“YeIdan chiqish qarori barchaga ta’sir ko‘rsatadi, lekin biz barcha tomonlar tinchlanib, vaziyatga baho berishi lozimligiga aminmiz”, — dedi Chunyin xonim.
“Biz Britaniya xalqining tanlovini hurmat qilamiz va Buyuk Britaniya bilan munosabatlarimizni qadrlaymiz”, — qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Izoh (0)