Amerikaning Blue Origin kompaniyasi Texas shtatida New Shepard suborbital kosmik kemasini murakkablashtirilgan parvoz sinovlaridan o‘tkazdi, deb yozadi “TASS” kompaniya rasmiy vakillariga tayanib.
Qurilma ekipajsiz holatda BE-3 dvigateli yordamida taxminan 100 km balandlikka ko‘tarildi. Shundan so‘ng undan kapsula ajralib chiqdi, u ikkita parashyut bilan yerga tushdi. Bir pog‘onali New Shepard raketasi ham tormoz dvigatelini yoqib, vertikal holatda qo‘ndi.
Eslatib o‘tamiz, New Shepard 2015-yilning 23-noyabrida ilk bor parvoz qilib, Yer ustidan 100,5 km balandlikka ko‘tarilgan va vertikal qo‘nishni amalga oshirgan tarixdagi birinchi raketa bo‘lgandi.
Ikkinchi marta esa sinov Texasdagi poligonda 2016-yil 22-yanvarda amalga oshirilgan. O‘shanda New Shepard raketasi va kosmik kema 101,7 km yuqoriga uchgandi.
New Shepard’ni uchinchi marta 2-aprelda uchirishdi. Kema yer sathidan 103 kilometr balandlikkacha ko‘tarildi, so‘ngra cho‘lga yengilgina qo‘ndi.
Izoh (0)