Apple Donald Tramp tufayli iyulda Klivlenda bo‘lib o‘tadigan va AQSh prezidentligiga nomzod ilgari suriladigan respublikachilar syezdini moliyalashtirishdan bosh tortdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Kompaniya avval ko‘rsatib kelgan qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishiga milliarderning ayollar, muhojirlar va ozchilik toifa haqidagi bahsli fikrlari sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Tramp o‘z vaqtida qurilmalaridagi ma’lumotlarni oshkor etishni istamagani uchun Tim Kukni tanqid qilgan va Apple mahsulotlarini xarid qilmaslikka chaqirgandi.
Boshqa texnologik kompaniyalar —Facebook, Google, Microsoft respublikachilar syezdiga yordam ko‘rsatishda davom etadi. Apple Filadelfiyada yozda bo‘lib o‘tadigan demokratlar syezdini moliyalashtirishda ishtirok etish-etmasligi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.
Izoh (0)